Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Venesuelaga hujum qiladimi? AQSh rahbari javob berdi

Tramp Venesuelaga hujum qiladimi? AQSh rahbari javob berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuelaga hujum bo‘yicha savolga javob berdi

Reuters agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela hududiga raketa zarbalari berish rejasi yo‘qligini aytgan. "Yo‘q", deb javob berdi Amerika yetakchisi bu masala bo‘yicha savolga. 

Avvalroq Miami Herald manbalarga tayanib, AQShning Venesueladagi harbiy nishonlarga zarba berish bo‘yicha operatsiyasi yaqin kunlar yoki soatlarda boshlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. "Rejalashtirilgan zarbalar AQShning Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro boshchiligidagi giyohvand moddalar karteli tomonidan foydalaniladigan harbiy ob’yektlarga qaratilgan", deb yozgan gazeta.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Venesuela munosabatlari juda keskinlashmoqda. AQSh ushbu davlatni giyohvand moddalari mavdosini qo‘llashda aybladi. Prezident Nikolas Maduroni ushlashga yordam beradigan ma’lumot uchun millionlab dollar mukofot va’da qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring