Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Yevropa Ittifoqi avtomobillariga tariflar joriy etdi

Tramp Yevropa Ittifoqi avtomobillariga tariflar joriy etdi

Foto: Orda

Tramp Yevropa Ittifoqidan AQShga avtomobil importiga 25 foizlik tarif joriy qildi

Yangi tariflar yengil va yuk mashinalariga nisbatan qo‘llaniladi va kelasi haftadan kuchga kiradi. AQSh rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu qaror Yevropa Ittifoqi savdo shartnomasi shartlariga rioya qilmagani uchun qabul qilingan. 

Biroq, Tramp agar avtomobillar AQSh zavodlarida ishlab chiqarilsa, tariflar undirilmasligini ta’kidladi. U AQShda yangi avtomobil zavodlari allaqachon qurilayotganini, 100 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarmoya kiritilganini yozdi va buni sanoat uchun rekord ko‘rsatkich deb atadi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Yevropa Ittifoqi 2025-yilda savdo shartnomasini imzoladilar. Uning shartlariga ko‘ra, AQSh Yevropaning aksariyat importiga, jumladan, avtomobillarga 15 foiz miqdorida yagona tarif joriy qildi. 

Buning evaziga Yevropa Ittifoqi AQSh iqtisodiyotiga investitsiyalarni ko‘paytirishga, Amerika energiya ta’minotini sotib olishga, ko‘p miqdorda Amerika harbiy texnikasini sotib olishga, AQSh foydasiga Rossiya nefti, gazi va yadro yoqilg‘isidan voz kechishga va Vashington bilan nol tariflar bo‘yicha savdo qilish uchun bozorlarini ochishga rozi bo‘ldi. 

Yevropa Parlamenti kelishuvni AQSh o‘z majburiyatlarini bajarish sharti bilan ratifikatsiya qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring