Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada «Samud flotiliyasi» hodisasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi: Netanyahu ham gumondorlar orasida

Turkiyada «Samud flotiliyasi» hodisasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi: Netanyahu ham gumondorlar orasida

Istanbul prokuraturasi G‘azoga gumanitar yordam olib borayotgan «Samud flotiliyasi» kemalariga qilingan hujum yuzasidan yirik jinoyat ishi doirasida ayblov e’lon qildi. Hujjatda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu hamda yana 34 nafar shaxs gumondor sifatida ko‘rsatilgan.

Tergovga ko‘ra, flot kemalari xalqaro suvlarda harakatlanayotgan paytda Isroil kuchlari tomonidan qurolli hujumga uchragan.

Ayblov xulosasida hujum faqat xavfsizlik chorasi sifatida baholanmasligi ta’kidlangan. Unda, jumladan, tinch aholiga qarshi zo‘ravonlik, gumanitar yordamni to‘sish hamda aholini ochlik va tibbiy yordam ololmaydigan vaziyatda qoldirish kabilar qayd etilgan.

Prokuraturaga ko‘ra, bu holatlar xalqaro huquq nuqtai nazaridan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Tergov materiallarida hujum xalqaro suvlarda amalga oshirilgani alohida ta’kidlangan. Shu asosda Turkiya qonunchiligi va xalqaro huquq normalariga muvofiq ish qo‘zg‘atilgan.

Ayblovda 35 nafar shaxs, jumladan, Binyamin Netanyahu, uning mudofaa vaziri Israel Kats, sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallant hamda milliy xavfsizlik va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar nomlari keltirilgan.

Prokuratura gumondorlarga nisbatan og‘irlashtirilgan umrbod qamoq, shuningdek minglab yillargacha qamoq jazosi tayinlashni so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring