Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent aeroportida 44 yashar ayol qo‘lga olindi: tafsilotlar

Toshkent aeroportida 44 yashar ayol qo‘lga olindi: tafsilotlar

Foto: Xavfsizlik

Odam savdosi bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan tizimli chora-tadbirlar natijasida odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni barvaqt fosh etish va oldini olishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.

Jumladan, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida ana shunday jinoyatlardan biri fosh etildi.

Xususan, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 1982-y.t. ayol Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi, 2000-y.t. qizni xorijga olib borib, jinsiy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan. 

U o‘z maqsadiga erishish uchun jabrlanuvchiga aviachipta xarid qilib berib, keyinchalik ishlab topadigan mablag‘ining yarmini doimiy ravishda berishini talab qilgan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida gumonlanuvchi ayol jabrlanuvchi bilan birga Toshkent xalqaro aeroportidan Istanbul shahriga uchib ketmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolindi. 

Hozirda yangiyo‘llik ayolga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring