Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jali genotsidi sodir etilganiga 34 yil bo‘ldi

Xo‘jali genotsidi sodir etilganiga 34 yil bo‘ldi

Insoniyatga qarshi sodir etilgan eng qonli jinoyatlardan biri — Xo‘jali genotsidi sodir etilganiga 34 yil to‘ldi.

1992 yil 25 fevraldan 26 fevralga o‘tar kechasi arman qurolli tuzilmalari sobiq Sovet armiyasining 366-motoo‘qchi polki ko‘magida Qorabog‘ hududidagi Xo‘jali shahrini bosib olib, tinch aholiga qarshi genotsid jinoyatini sodir etdilar.

Genotsid nafaqat ozarbayjon xalqiga, balki butun insoniyatga qarshi qaratilgan bo‘lib, uning natijasida Xo‘jalining 613 nafar aholisi shafqatsizlik bilan o‘ldirildi, jumladan 63 nafar bola, 106 nafar ayol va 70 nafar qariyalar jinoyatchilar qo‘lida o‘lim topdi. Shuningdek, 5379 nafar shahar aholisi majburan haydab chiqarildi. Fojia kechasida 1275 nafar tinch aholi asirga olindi, ulardan 150 nafari, jumladan 68 ayol va 26 bolaning taqdiri hozirgacha noma’lumligicha qolmoqda.

Xo‘jali genotsidi armanlarning ozarbayjonliklarga qarshi tizimli va oldindan rejalashtirilgan terror siyosatining tarkibiy qismidir. Bu terror siyosati Xo‘jali genotsididan ancha oldin — 1987 yildan boshlab amalga oshirila boshlagan. Avvaliga ular Xankendi va Yerevanda ozarbayjonliklarni ma’muriy usullar bilan siquvga oldilar. Keyingi bosqichda armanlar o‘z da’volarini yanada kengaytirib, ozarbayjonliklarning uylariga qurolli hujumlar uyushtira boshladilar. Natijada ozarbayjonlar o‘z tarixiy yerlaridan deportatsiya qilindi.

Armanlar Armaniston bilan chegaradosh bo‘lgan Gazax tumanining Baganis Ayrim qishlog‘ida qirg‘in sodir etdilar. Shuningdek, Qorabog‘ hududidagi Imorat-Garvend, Tug‘, Salakatin, Axullu, Xojavend, Jamilli, Nabilar, Meshali, Hasanabad, Kerkijahon, Gaybali, Malibeyli, Yuqori va Ashagi Gushchular, Garadag‘li qishloqlari bosib olinishi vaqtida tinch aholi alohida shafqatsizlik bilan o‘ldirildi. 1992 yil 17 fevralda Xojavend tumanining Garadag‘li qishlog‘ida, 1992 yil aprel oyida Kalbajar tumanining Agdaban qishlog‘ida, 1992 yil avgust oyida Goranboy tumanining Ballig‘aya qishlog‘ida, 1993 yil aprel oyida esa Kälbajar tumanining Bashlybel qishlog‘ida ommaviy qotilliklar sodir etildi. Ya’ni, 80 yillarning oxiri — 90 yillarning boshlarida ozarbayjon xalqiga qarshi tizimli ravishda jinoyatlar sodir etildi.

Armaniston rasmiylari ozarbayjonliklarning qonini to‘kayotgan qurolli tuzilmalarga alohida moliyaviy va harbiy ko‘mak ko‘rsatgan. Keyingi davrlarda Armanistonning mansabdor shaxslari ham ozarbayjonliklarga qarshi jinoyatlar sodir etilganini tan olganlar.

Genotsid davomida bir qator xalqaro hujjatlar, jumladan Urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Jeneva konvensiyalari, Genotsid jinoyatini oldini olish va uni jazolash to‘g‘risidagi konvensiya, Qiynoqlarga hamda boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazolarga qarshi konvensiya, Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda insonning asosiy huquqlari, jumladan yashash huquqi, shaxsiy daxlsizlik, mulk huquqi, qiynoqlardan ozod bo‘lish va boshqa fundamental huquqlarni qo‘pol ravishda buzilgan.

1994 yilda Ozarbayjon Respublikasi Milli Majlisi Xo‘jali genotsidiga birinchi siyosiy-huquqiy baho berdi va 26 fevralni Xo‘jali genotsidi kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring