Britaniyalikning o‘g‘irlangan mashinasi Afrikada topildi

Jimmi Mandey.
Britaniyalik 44 yoshli Jimmi Mandeyning uyi oldidan o‘g‘irlab ketilgan £50 minglik (66,5 ming dollarlik) Range Rover avtomobili Afrikada topildi deb yozdi The Sun.
Axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlovchi Mandey mashinasiga har ehtimolga qarshi Apple AirTag trekerini o‘rnatib qo‘ygandi.

«Men uni xaritada kuzatdim: mashina O‘rta Yer dengizini kesib o‘tdi, Suvaysh kanalidan o‘tdi, Misr, Sudan, Janubiy Sudan va Ugandadan so‘ng oxiri Tanzaniyaga borib to‘xtadi», — dedi avtoulovidan ayrilgan britaniyalik.

Foto: The Sun
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Sharqiy Afrikadan tushgan buyurtma bo‘yicha bunaqa avtomobillarni o‘g‘irlash ko‘p uchraydi: u yerlardagi mahalliy elita ruli o‘ng tomonli mashinalarga ishqiboz.
Mandeyning mashinasi haliyam Tanzaniyada, treker ko‘rsatishicha, doim bir yo‘nalishda borib kelyapti.
Britaniyalikning do‘stlari buni kino qilish mumkin deb hazil qilishdi. U esa qachondir mashinasini qaytarib olishdan umidini uzgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter