Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi o‘tkazgan yig‘ilishda joriy yil mart oyida umumiy inflyasiya yillik 7,1 foizgacha, bazaviy inflyasiya esa 5,7 foizgacha pasaygani ma’lum qilindi.

Umumiy inflyasiya esa pasayishda davom etib, 2026-yil yakunida 6,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda: 2026-yil uchun iqtisodiy o‘sish prognozi 7–7,5 foizgacha oshirildi.

Tashqi iqtisodiy muhitda geosiyosiy ziddiyatlar, neft va oziq-ovqat narxlari hamda logistika xarajatlari ortishi inflyasiya uchun qo‘shimcha tashqi xatarlar yaratmoqda.

Markaziy bankning pul-kredit siyosati inflyasiyani 5 foizlik maqsadli darajaga pasaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining xarid qobiliyatini saqlashga qaratilgan bo‘lib qoladi.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2026-yil 17-iyun kuniga belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring