Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi bu yilgi Haj mavsumi 2-maydan boshlanadi – O‘MI

O‘zbekistondagi bu yilgi Haj mavsumi 2-maydan boshlanadi – O‘MI

O‘zbekistondagi 2026-yilgi Haj mavsumi 2-maydan boshlanadi. 18-mayga qadar har kuni Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ziyoratchilar 9 ta hudud – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlaridagi aeroportlardan Madina shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchadilar.

Ziyoratchilarni Madina shahriga yetkazish Saudiya Arabistonining FlyAdeal aviakompaniyasi tomonidan, hojilarni ona-Vatanimizga olib kelish esa Uzbekistan Airways tomonidan amalga oshiriladi.

Ayni paytda Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan ishchi guruhlar hamkor tashkilotlar bilan birga mehmonxonalar, Mino va Arofot vodiylarida ziyoratchilar ibodatlarini bekamu ko‘st ado etishi uchun munosib sharoitlar tayyorlash bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring