Nukuslik bolakay O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi JCh-2026 o‘yiniga to‘p olib chiqdi
11 yoshli Jahongir yaqindagina televizorda futbol o‘yinlarini tomosha qilar va bir kun kelib sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari bilan birgalikda bo‘lishini hayolan tasavvur qilardi.
Nukuslik 11 yoshli Jahongir Sodiqov futbol bo‘yicha FIFA World Cup 2026 jahon chempionatida O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan rasmiy to‘pni olib chiqdi.
Uchrashuv 23 iyun kuni Xyustonda bo‘lib o‘tdi. O‘yin boshlanishidan oldin Jahongir FIFAning rasmiy o‘yin to‘pi bilan futbol maydoniga chiqdi. Marosimda ishtirok etish imkoniyatini u Kia x FIFA World Cup 2026 bolalar tanlovida g‘alaba qozonganidan so‘ng qo‘lga kiritgan edi.
Jahongir yaqindagina televizorda futbol o‘yinlarini tomosha qilar va bir kun kelib sayyoramizning eng yaxshi futbolchilari yonida bo‘lishini xayolan tasavvur qilardi. Kia x FIFA World Cup 2026™ bolalar tanlovidagi g‘alabasi tufayli bu orzu uning hayotining bir qismiga aylandi.
Portugaliyaga qarshi o‘yin o‘zbekistonlik muxlislar uchun tarixiy voqealardan biri bo‘ldi, chunki O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida ilk bor ishtirok etmoqda.
Shu kuni Xyustondagi maydonga faqat tanlov g‘olibi Jahongir emas, balki o‘z qahramonlari bilan birga maydonga chiqishni orzu qilgan minglab yosh o‘zbekistonlik muxlislarning orzu-umidlari ham chiqdi.
Kia Uzbekistan Jahongirning marosimdagi ishtiroki kompaniyaning FIFA World Cup 2026 bilan hamkorlik doirasidagi tashabbusining bir qismi bo‘lganini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter