Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda ayanchli YTH sodir bo‘ldi: 5 kishi halok bo‘lgan

Jizzaxda ayanchli YTH sodir bo‘ldi: 5 kishi halok bo‘lgan

Joriy yilning 21-noyabr kuni soat 23:50 lar atrofida, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 «Toshkent-Termiz» yo‘lining 989 km.da ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Rasmiy ma’lumotda keltirilishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi 2003-yilda tug‘ilgan  haydovchi «ISUZU» rusumli yuk avtomashinasi Samarqand yo‘nalishida joylashgan avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasidan chiqayotgan vaqtda ushbu qismda o‘rnatilgan 2.4 «Yo‘l bering» va 4.1.2 «Harakatlanish o‘nga» yo‘l belgisi talablariga bo‘ysunmasdan, belgilanmagan joydan Toshkent yo‘nalishiga burilish uchun  yo‘lning qatnov qismiga chiqqan. Natijada esa Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashagan 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi «Lasetti» rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida «Lasetti» rusumli avtomashinaning dvigatel qismidan yong‘in kelib chiqib, avtomashina to‘liq yonib ketgan. Yengil turdagi avtomashina haydovchisi hamda transport vositasi salonida bo‘lgan 4 nafar yo‘lovchilar turli xil tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat kodeksining 266-moddasi uchinchi qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring