Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan ish ochildi
Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Davlat kadastrlari palatasining Farg‘ona viloyati tumanlaridan biridagi filiali rahbari 1990-y.t. fuqaroning noqonuniy qurilgan savdo do‘koniga nisbatan Kadastr agentligining tuman bo‘limi tomonidan tuzilgan dalolatnomani bekor qildirib, qonuniy chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga joriy yilning iyul oyi boshlarida 600 AQSh dollari olgan.
Lekin, mansabdor shaxs va’dasini bajarmasdan, fuqaroga 500 AQSh dollari qaytarib bergan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu noqonuniy holat fosh etilib,
Kadastrlar palatasi filiali rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter