Navoiyda xorij fuqarosi katta miqdorda giyohvandlik moddasi bilan ushlandi
Konimexda qo‘shni davlat fuqarosidan 2 kg narkotik olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida Navoiy viloyatida tezkor tadbir o‘tkazildi.Unda katta miqdordagi giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
Xususan, Konimex tumani hududida harakatlanayotgan Kobalt rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan – 2002-y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosiga tegishli sellofan paketda 2 kg 87 gr opiy moddasi borligi aniqlandi va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, u mazkur giyohvandlik vositasini muqaddam narkokur’yerlar tomonidan qo‘shni davlatdan kontrabanda qilinib, qoldirib ketilgan xufiya joydan olib ketayotgan bo‘lgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter