Qorako‘lda eshakni tiriklay yoqib yuborgan shaxs qidirilmoqda
Qorako‘l tumanidagi zovurda sodir bo‘lgan yong‘in holati tuman ekologiya inspektorlari tomonidan o‘rganilgan. Tekshiruvlar natijasida Qorako‘l tuman Xo‘jakon MFY hududidagi zovurda haqiqatdan ham yong‘in yuz bergani, oqibatda 37 tup yulg‘un o‘simligiga zarar yetgani aniqlandi.
Noma’lum shaxs o‘simliklarga qo‘shib bir fuqaroga tegishli eshakni ham vahshiylarcha yoqib yuborgan. Olingan og‘ir kuyish jarohatlari oqibatida jonzot achinarli ahvolga kelib qolgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, yong‘inni kim sodir etganini aniqlash maqsadida materiallar Qorako‘l tuman IIBga taqdim etildi. Ayni paytda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter