Toshkentda qurilish asboblari ichiga yashirilgan sintetik giyohvandlik moddasi aniqlandi
«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tadbirda Yunusobod tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan shaxs to‘xtatilib, tekshirilgan.
Unga tegishli perforator qurilish asbobi ichiga 478 gramm «Alfa-PVP» sintetik giyohvandlik moddasi yashirilgani aniqlangan.
Shu tumanda qayd etilgan boshqa holatda esa Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 2009 yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli benzopila ichiga 107 gramm «Alfa-PVP» moddasi yashirilgani fosh etilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida har ikki holatda ham giyohvandlik vositalari Rossiya Federatsiyasidan pochta jo‘natmasi orqali yuborilgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter