Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana uch vazirlik xodimlari korrupsiya oqibatlarini anglash uchun koloniyaga olib borildi

Yana uch vazirlik xodimlari korrupsiya oqibatlarini anglash uchun koloniyaga olib borildi

Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi IIV bilan hamkorlikda davlat xizmatchilari uchun jazoni ijro etish muassasalariga profilaktik tashriflarni davom ettirmoqda.

Navbatdagi tashrif Olmaliq shahridagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasida tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tashrif davomida ishtirokchilar jazoni ijro etish muassasasidagi sharoitlar, saqlash kameralari va infratuzilma bilan tanishtirildi. Shuningdek, mahkumlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, bunday uchrashuvlar davlat xizmatchilarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning muqarrar huquqiy va ijtimoiy oqibatlari haqida aniq tasavvur hosil qilish, xizmat vazifalarini halollik va qonun ustuvorligi tamoyillari asosida bajarish mas’uliyatini kuchaytirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan.

Agentlikka ko‘ra, mahkumlar bilan muloqot ishtirokchilarga korrupsiya oqibatlari nafaqat jinoiy javobgarlik, balki insonning hayoti, oilasi, obro‘si va farzandlari kelajagiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishini anglash imkonini bergan.

Qayd etilishicha, korrupsiyaning oqibatlarini bartaraf etishdan ko‘ra uning oldini olish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu bois bunday profilaktik tashriflar davlat boshqaruvi organlari rahbarlari va xodimlari ishtirokida muntazam davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring