Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur bitimlarning 23 804 tasi transport vositalari, 16 963 tasi esa ko‘chmas mulk oldi-sotdisi hisobiga to‘g‘ri kelgan. Shu davrda 39 083 ta shartnoma rasmiylashtirilgan, yana 1 684 tasi jarayonda qolmoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori faollik Toshkent shahrida qayd etildi — 11 679 ta bitim. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 3 940 ta va Samarqand viloyati — 3 614 ta bitim bilan qayd etilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 2 683 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 714 ta, Andijon viloyatida 3 128 ta, Namangan viloyatida 2 856 ta bitim amalga oshirilgan.
Buxoro viloyatida 2 178 ta, Qashqadaryo viloyatida 2 134 ta, Surxondaryo viloyatida 1 746 ta, Xorazm viloyatida 1 927 ta shartnoma rasmiylashtirilgan.
Navoiy viloyatida 1 177 ta, Sirdaryo viloyatida 850 ta, Jizzax viloyatida 1 141 ta bitim qayd etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter