Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni qancha?

O‘zbekistonda muomaladagi bank kartalari soni qancha?

Foto: Xabar.uz

2026 yil 1 avgust holatiga muomaladagi bank kartalari soni 75,7 million donaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Yil boshida, 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 68,3 million donani tashkil etgan edi. Yetti oy ichida muomalaga qo‘shimcha 7,4 millionta karta chiqarildi va o‘sish 10,9 foizni tashkil qildi.

O‘rnatilgan to‘lov terminallari soni shu davrda 430,8 mingtadan 453,5 mingtaga ko‘payib, qo‘shimcha 22,7 mingta terminal ishga tushirildi (+5,3 foiz). Bankomat va infokiosklar tarmog‘i esa 40,1 mingtadan 47,0 mingtaga yetib, 17,3 foizga kengaydi.

To‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar 2026 yilning yanvar-iyul oylarida 387,4 trillion so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2025 yilning to‘liq 12 oyida bu ko‘rsatkich 460,3 trillion so‘mga teng bo‘lgan.

«Kartalar soni 10,9 foizga ko‘paygan bir paytda terminallar aylanmasining 44,3 foizga o‘sgani har bir kartaning faolligi ortganidan dalolat beradi: bitta kartaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik tushum 562 ming so‘mdan 731 ming so‘mgacha yetdi. Bu naqd pulsiz to‘lovlar amaliyoti kundalik iste’molda tobora kengayib borayotganini ko‘rsatadi», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring