O‘zbekistonga eng ko‘p manzarali baliqlar Tailanddan import qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 122,9 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan manzarali tirik baliqlar import qilingan.
Hisobotga ko‘ra, import qiymati 2025-yilning mos davriga nisbatan 44,2 foizga oshgan. Mazkur davrda importning asosiy qismi Tailand hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga 86,4 ming dollarlik manzarali baliq yetkazib berilgan.
Hisobotga muvofiq, ikkinchi o‘rinda Indoneziya qayd etildi. Ushbu davlatdan 18,7 ming dollarlik manzarali tirik baliq import qilingan.
Keyingi o‘rinlarni Hindiston va Malayziya egalladi. Hindistondan 8,2 ming dollarlik, Malayziyadan esa 5,1 ming dollarlik mahsulot yetkazib berilgan.
Shuningdek, Xitoydan 3,4 ming dollarlik, Keniyadan esa 1,2 ming dollarlik manzarali tirik baliq import qilingan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter