O‘zbekneftgaz, UzAuto va Coca-Cola: qaysi ishlab chiqarish korxonalari ko‘p soliq to‘ladi?
Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 6 oyida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 64 551 ta yuridik shaxs tomonidan 81,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.
Shundan 11,65 trln so‘mi, ya’ni jami tushumning 14,4 foizi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur korxonalarning tovar aylanmasi 88,4 trln so‘m, foydalanilgan soliq imtiyozlari esa 1,57 trln so‘mni tashkil etgan.
Eng ko‘p soliq to‘lagan ishlab chiqarish korxonalari quyidagilar bo‘ldi:
«O‘zbekneftgaz» AJ — 1,997 trln so‘m;
«UzBAT» AJ — 1,540 trln so‘m;
«UzAuto Motors» AJ — 1,159 trln so‘m;
«Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ltd» MChJ XK — 869,1 mlrd so‘m;
«Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ — 717,5 mlrd so‘m.
Soliq tushumlari tarkibi:
QQS — 3,59 trln so‘m;
aksiz solig‘i — 2,62 trln so‘m;
foyda solig‘i — 2,28 trln so‘m;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 1,21 trln so‘m;
ijtimoiy soliq — 732,9 mlrd so‘m;
JShODS — 685,2 mlrd so‘m;
mol-mulk solig‘i — 308,9 mlrd so‘m;
boshqa soliqlar — 223,5 mlrd so‘m.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter