O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi bo‘yicha qaysi viloyat yetakchi?
2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda jami 63 trln 954,7 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 15,5 foizga oshgan.
Qayd etilishicha, qurilish ishlari hajmida eng katta ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Poytaxtda 17 trln 308,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, o‘sish sur’ati 108,9 foizni tashkil etdi.
Toshkent viloyatida 6 trln 614,2 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 4 trln 699,6 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 4 trln 618,5 mlrd so‘mlik qurilish hajmi qayd etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish ishlari 3 trln 313,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu yerda o‘sish sur’ati 176 foizga yetgani e’tiborli.
Andijon viloyatida 3 trln 307,4 mlrd so‘mlik ishlar bajarilib, o‘sish 113,5 foizni tashkil qildi. Jizzax viloyatida esa 1 trln 733,6 mlrd so‘m va 119,4 foizlik o‘sish qayd etildi.
Namangan (3 trln 005,8 mlrd), Samarqand (3 trln 723,2 mlrd) va Surxondaryo (3 trln 207,5 mlrd) viloyatlarida ham barqaror o‘sish kuzatildi.
Navoiy viloyatida 3 trln 164,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish 125 foizni tashkil etdi. Xorazm viloyatida esa 3 trln 409,6 mlrd so‘m va 128,4 foizlik o‘sish qayd etildi.
Sirdaryo viloyatida hajm nisbatan past — 1 trln 206,0 mlrd so‘m bo‘lsa-da, o‘sish sur’ati 115,6 foizni tashkil etdi. Qashqadaryo viloyatida 3 trln 275,4 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter