Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Chexiya biznes forumi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston-Chexiya biznes forumi bo‘lib o‘tadi

Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Andrey Babish 29-30 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ko‘p qirrali O‘zbekiston-Chexiya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, «yashil» energetika, kimyo, farmatsevtika va transport sohalarida kooperatsiyani kengaytirish diqqat markazida bo‘ladi. Madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Xalqaro kun tartibidagi masalalar, shu jumladan ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashiladi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif doirasida Bosh vazir Andrey Babish O‘zbekiston-Chexiya biznes forumida ham ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring