UZCARD Qirg‘izistonga transchegaraviy o‘tkazmalar yuboruvchilari uchun «Omadli o‘tkazma» aksiyasini e’lon qiladi
UZCARD Qirg‘izistonning Elcard kartalariga UZCARD kartalaridan pul o‘tkazmalarini (P2P) amalga oshirayotgan foydalanuvchilar uchun «Omadli o‘tkazma» sovrinli aksiyasi boshlanganini e’lon qiladi. 500 000 so‘mdan boshlab amalga oshirilgan har bir o‘tkazma avtomatik ravishda qimmatbaho sovrinlar — pul sertifikatlaridan tortib eng yangi iPhone 17 Pro smartfonlarigacha — yutib olish imkoniyatiga aylanadi.
Bugungi kunda Elcard kartalariga o‘tkazmalarni hamkor banklar — Unired (Universalbank), Xazna (Xalq banki) va Mavrid (Mikrokreditbank) ilovalari orqali yuborish mumkin. Mijozlarga yanada qulay bo‘lishi uchun o‘tkazma funksiyasi har bir ilovada alohida joylashtirilgan: Unired ilovasida — bosh sahifada, Xazna ilovasida — o‘tkazmalar bo‘limida, Mavrid ilovasida esa — xalqaro operatsiyalar qatorida.
Tranzaksiya tasdiqlangandan so‘ng, tizim tomonidan o‘tkazmaga aksiyada ishtirokini tasdiqlovchi noyob identifikator biriktiriladi. Foydalanuvchilar to‘plangan imkoniyatlarini UZCARD’ning rasmiy Telegram-boti orqali tekshirishlari mumkin: https://t.me/p2p_uzcard_bot.
Aksiya yakunlariga ko‘ra g‘oliblar aniqlanadi va ularga uch dona iPhone 17 Pro hamda 5 000 000 so‘mdan o‘n dona pul mukofoti topshiriladi. Yutuqlar aksiya amal qilish davomida shartlarga mos ravishda bajarilgan barcha o‘tkazmalar orasida o‘ynaladi.
Aksiya 2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 31 yanvargacha davom etadi va UZCARD hamda Qirg‘izistonning milliy to‘lov tizimi Elcard o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan. Ikki tomon o‘rtasida imzolangan kelishuv ikki davlat hududidagi millionlab foydalanuvchilar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qulay transchegaraviy o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.
«Omadli o‘tkazma» aksiyasini yo‘lga qo‘yish orqali UZCARD transchegaraviy xizmatlarning ahamiyatini yana bir bor ta’kidlaydi. Bunday xizmatlar oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aloqalarni mustahkamlash va masofaga qaramasdan yaqin bo‘lishga yordam beradi. Kompaniya qulay va xavfsiz raqamli xizmatlarni tanlagan foydalanuvchilarni rag‘batlantirish bilan birga, o‘z texnologik imkoniyatlarini kengaytirishda davom etmoqda.
Batafsil ma’lumot: www.uzcard.uz saytida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter