Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» AJ Toshkent shahri markazida joylashgan turistik inshootlarni sotuvga chiqardi

«O‘zmilliybank» AJ  Toshkent shahri markazida joylashgan turistik inshootlarni sotuvga chiqardi

«Buxoro» mehmonxonasi

«O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ Toshkent shahri Olmazor tumani, «Hastimom» MFY, Qorasaroy ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi Markaziga tutashgan «Hastimom» turistik markaziga tegishli ko‘chmas mulk ob’yeklarini savdoga qo‘ymoqda.

«Samarqand» mehmonxonasi

Turistik komleks o‘z ichiga quyidagi ob’yektlarni oladi:

- 56 ta joyga mo‘ljallangan va 300 joyli restoranga ega «Buxoro» mehmonxonasi;
- 30 ta joyga mo‘ljallangan va 300 joyli restoranga ega «Samarqand» mehmonxonasi;
- umumiy maydoni 866 m2 bo‘lgan «Bog‘dod» restorani;
- umumiy maydoni 930 m2 bo‘lgan «Madina» restorani;
- maydoni 29 m2 dan 632 m2 gacha bo‘lgan 25 ta savdo nuqtalari.

To‘lov shartlari: ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan boshlab 20 kalendar kun ichida sotuv bahosidan 30%li avans, qolgan 70% kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng 1 oy ichida.

Hamkorlik shartlari: Zarur hollarda investor «O‘zmilliybank»dan mulk qiymatining 70 foizini qoplash uchun kredit olishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki uchrashuv tashkil etish uchun «NBU Invest Group» AJga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent sh., Mirobod tumani, 95 Ya. G‘ulomov ko‘chasi (8-qavat).

Telefon: +998 78 148-26-58.

E-mail: info@nbuig.uz

Aloqadagi shaxs: Risqulov Akbar (+998 97 443-42-82, ariskulov@nbuig.uz)  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring