Aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?
2026 yilning 15 yanvar – 28 fevral kunlari O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
1) 15–31 yanvar — onlayn ro‘yxatga olish.
census.stat.uz saytiga kirib, OneID orqali uydan chiqmagan holda qatnashish mumkin. Bu qulay, tez va zamonaviy usul!
2) 4–28 fevral — uyma-uy ro‘yxatga olish.
"Mahalla yettiligi" a’zolari planshetlar bilan xonadonlarga borib, ma’lumotlarni aniqlaydilar.
71 ta savol orqali jamiyatning haqiqiy portreti yaratiladi:
— 54 ta savol aholi haqida (yosh, ta’lim, ish, yashash sharoiti va h.k.)
— 17 ta savol qishloq xo‘jaligi haqida (yer maydoni, chorva, ekin turlari va h.k.)
Ma’lumotlar maxfiy!
Shaxsiy ma’lumotlar faqatgina statistik tahlil uchungina ishlatiladi.
Natijada davlatimiz:
- mamlakatda qancha odam yashaydi va qayerda yashaydi — bilib oladi;
- qayerda maktab, shifoxona yoki ish joyi yetishmaydi — aniqlaydi;
- qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda to‘g‘ri yo‘nalishni belgilaydi.
Shuning uchun har bir fuqaroning ishtiroki zarur. Bu ayniqsa, yoshlarimizning kelajagi uchun muhim/


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter