Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?

Aholini ro‘yxatga olish qanday amalga oshiriladi?

2026 yilning 15 yanvar – 28 fevral kunlari O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1) 15–31 yanvar — onlayn ro‘yxatga olish.

census.stat.uz saytiga kirib, OneID orqali uydan chiqmagan holda qatnashish mumkin. Bu qulay, tez va zamonaviy usul!

2) 4–28 fevral — uyma-uy ro‘yxatga olish.

"Mahalla yettiligi" a’zolari planshetlar bilan xonadonlarga borib, ma’lumotlarni aniqlaydilar.

71 ta savol orqali jamiyatning haqiqiy portreti yaratiladi:

— 54 ta savol aholi haqida (yosh, ta’lim, ish, yashash sharoiti va h.k.)
— 17 ta savol qishloq xo‘jaligi haqida (yer maydoni, chorva, ekin turlari va h.k.)

Ma’lumotlar maxfiy!

Shaxsiy ma’lumotlar faqatgina statistik tahlil uchungina ishlatiladi.

Natijada davlatimiz:

  • mamlakatda qancha odam yashaydi va qayerda yashaydi — bilib oladi;
  • qayerda maktab, shifoxona yoki ish joyi yetishmaydi — aniqlaydi;
  • qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda to‘g‘ri yo‘nalishni belgilaydi.

Shuning uchun har bir fuqaroning ishtiroki zarur. Bu ayniqsa, yoshlarimizning kelajagi uchun muhim/

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring