Alifboga tuzatishlar biror ortiqcha xarajatga olib kelmaydigan tarzda o‘tkaziladi
Alifboga tuzatishlar biror ortiqcha xarajatga olib kelmaydigan tarzda o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi qabul qilgan alifboga tuzatishlar haqidagi loyiha atrofida muhokamalar qizg‘in tus oldi.
Qonun loyihasi to‘g‘risida tarqatilgan ma’lumotlarda hamda keyinchalik mutaxassislar bergan tushuntirishlarda ham ushbu tuzatishlar tufayli shoshilinch xarajatlarga yo‘l qo‘yilmasligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Jumladan, qanchalik murakkab bo‘lmasin, har qanday rasmiy hujjat, davlat belgilari, darslik va boshqalar toki ular o‘z muddati kelib almashmaguncha o‘z kuchida qolishi, barcha o‘zgartirishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ta’kidlanmoqda.
Ko‘p tasdiqlanmagan xabarlar, jumladan, ismlar yozilgan avtoraqamlar chiqarilishi bahonasida alifbo tuzatilayotganligi yoki shu kabi o‘zgarishlar tufayli alifbo almashishidan kimningdir manfaatdorligiga oid fikrlar hech qanday asosga ega emas.
Aslida, ko‘p sonli tilshunoslik va turdosh sohalar mutaxassislari ta’kidlaganidek, alifbomiz va tilimiz bugungi raqamli zamonda rivojlanishi uchun taklif etilayotgan o‘zgartirishlarga ehtiyoj allaqachon yetilib bo‘ldi.
Shu bois, alifboga kiritilayotgan o‘zgartirishlar biror ortiqcha xarajatlarga yoki boshqa sohalardagi islohotlarga bog‘liq emas, balki sohani rivojlantirish borasidagi tadrijiy qadam sifatida ko‘rilishi kerak.
Shahnoza Soatova, ekspert


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter