Bayram kunlarida tibbiyot muassasalari ish tartibi e’lon qilindi
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi? Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz ketma-ket 5 kun dam oladi.
Xo‘sh, bu sanalarda tibbiyot muassasalari qay tartibda ishlaydi? SSV bu haqda ma’lumot berdi.
Aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi.
27 – 31-may kunlari:
- tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar;
- ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari;
- hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, bayram va dam olish kunlari:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi.
Respublika tez tibbiy yordam markazining 14 ta hududiy filiali, 167 ta stansiya, 63 ta podstansiya va 1 436 tayanch punktida 2 860 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi odatiy ish faoliyatini davom ettiradi.
- mamlakatimizdagi barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.
27-may kuni:
Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan yurtimizdagi masjidlarda tez tibbiy yordam brigadalarining navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter