Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boshqaruvchilar uchun diplomatik etiket» kitobi nashrdan chiqdi

«Boshqaruvchilar uchun diplomatik etiket» kitobi nashrdan chiqdi

«Boshqaruvchilar uchun diplomatik etiket» o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi. Mualliflar: Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi katta o‘qituvchisi Nurillo To‘xtasinov hamda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi, 4-bosqich talabasi Muhammadnur Murodxonov.

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ushbu kitob davlat xizmatchilari, rahbarlar va xalqaro aloqalar mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

Qo‘llanmadan nimalarni o‘rganish mumkin?

  • Diplomatik protokol va etiket qoidalari;
  • Rasmiy tashriflar va xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish;
  • Muzokaralar madaniyati va nutq etiketi;
  • Zamonaviy diplomatik muloqotning amaliy sirlari.

Qo‘llanmaning muhim ilmiy-amaliy yangiliklaridan biri shundaki, unda xalqaro diplomatik huquqning asosiy manbalari hisoblangan «Diplomatik munosabatlar to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasi (1961) hamda «Konsullik munosabatlari to‘g‘risida»gi Vena konvensiyasi (1963) ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlar e’tiboriga havola etilgan. Bu esa davlat boshqaruvi, diplomatiya va xalqaro huquq yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, kitobda diplomatik protokolning xalqaro standartlari, ishbilarmonlik etiketi, rasmiy uchrashuvlar va qabul marosimlarini tashkil etish, xalqaro muloqot madaniyati, noverbal kommunikatsiya hamda boshqaruv faoliyatida zarur bo‘lgan zamonaviy etiket qoidalari amaliy misollar asosida bayon etilgan.

Mualliflarning qayd etishicha, yaqin kunlarda kitobning Smartbook shakli elektron platformalar, jumladan, Play Market va App Store platformalariga joylashtirilib, uni foydalanuvchilar bepul yuklab olishi uchun imkoniyati yaratiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring