Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Bugun O‘zbekistonda havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37°, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.
 
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-37 daraja bo‘ladi.
 
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring