Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yozning so‘nggi kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Yozning so‘nggi kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: Xabar.uz

Yozning so‘nggi kunlarida O‘zbekiston hududining katta qismida biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzgi havo harorati asosan 33-38 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 39-40 darajagacha bo‘ladi.

​O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida avgust oyining so‘nggi kunlarida salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi va 31-avgustga kelib kunduzgi harorat 25-30 darajagacha pasayadi.

1-sentyabr kuni nisbatan salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, havo harorati 3-5 darajaga pasayadi.

​Ushbu kunlarda asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida bugun va ertaga biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

​Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarida ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

​Toshkentda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. ​Havo harorati kunduzi 28-30-avgustda 35-38 daraja, 31 avgustda 34-36 daraja, 1-sentyabrda 30-32 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 20-22 daraja, 1-sentyabrda 16-18 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring