Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekistonda issiq kuchayishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonda issiq kuchayishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekiston hududida kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechga yaqin Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishda sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi, shimoliy hududlarda ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metrgacha kuchayishi va ayrim hududlarda chang-to‘zonli pozyomka kuzatilishi mumkin. Harorat 32–37 daraja bo‘ladi.

Toshkentda kam bulutli, ba’zi vaqtlarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishda sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 35–37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kam bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishda sekundiga 7–12 metr tezlikda shamol esadi. Harorat 25–30 daraja bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring