Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xaridlarida qariyb 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilish aniqlandi

Davlat xaridlarida qariyb 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilish aniqlandi

Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari davlat xaridlari sohasidagi monitoring va murojaatlarni o‘rganish natijasida qonunbuzilish holatlarini aniqladi.

«Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilgani, ya’ni eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining 300 mln so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Farg‘ona viloyatida «Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish» davlat muassasasining 7 ta xaridi 2,5 mlrd so‘mdan ziyodni tashkil etgan. Jizzax viloyatidagi Zarbdor tumani 2-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 2 ta xaridi qiymati esa 1,4 mlrd so‘mdan oshgan.

Namangan viloyatida Chust tuman tibbiyot birlashmasining qariyb 1,8 mlrd so‘mlik xaridlari o‘rganilgan. Navoiy viloyatida Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligining 7 ta xaridi qariyb 1,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Samarqand viloyatida «O‘zyo‘lko‘prik klasteri» filialining 1,7 mlrd so‘mlik va «Ozodlik» davlat muassasasining 410 mln so‘mlik xaridlarida ham qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari maxsus komissiyalari tomonidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan qonun talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atildi. Ularni ko‘rib chiqish natijasida belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Qonunbuzilishlarni bartaraf etish, ayrim holatlarda moliyaviy jarima qo‘llash va huquqiy baho berish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish choralari ko‘rildi. Shuningdek, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring