Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ehtiyot bo‘ling! Suvaraklar o‘ylaganimizdan ham xavfliroq ekan...

Ehtiyot bo‘ling! Suvaraklar o‘ylaganimizdan ham xavfliroq ekan...

Illyustrativ foto

Suvaraklar inson salomatligini, ayniqsa astma va allergiyadan aziyat chekayotgan bolalarning ahvolini yomonlashtirishi ma’lum bo‘ldi.

Shimoliy Karolina shtati universiteti olimlari xonadonda suvaraklar qanchalik ko‘p bo‘lsa, havo va uy changida allergenlar va xavfli bakterial toksinlar — endotoksinlar darajasi shunchalik yuqori bo‘lishini aniqlashdi.

Shu paytgacha suvaraklar og‘ir oqibatlarga olib keluvchi 20 dan ortiq turdagi allergen tarqatuvchisi ekani ma’lum edi. Endi olimlar suvaraklar nafaqat allergenlarni, balki endotoksinlar — bakteriyalar hujayralarni parchalaganda ajralib chiqadigan va yallig‘lanish, bosh og‘rig‘i, yo‘tal va nafas yo‘llarining ta’sirlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan moddalarni ham tarqatishini tasdiqlashdi.

Suvaraklarning ichagida ko‘plab bakteriyalar yashaydi, shuning uchun ularning axlatida endotoksinlar ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Tadqiqotga ko‘ra, suvaraklar paydo bo‘lgan uylarda, ayniqsa, oshxonalarda, bu moddalar ko‘p miqdorda uchraydi.

Olimlar urg‘ochi suvaraklar erkaklariga qaraganda bir necha barobar ko‘proq endotoksin ajratishini ham aniqlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring