Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekopolitsiya ishlamoqda – Toshkent havosiga zarar yetkazayotgan 18 ta ob’yekt faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Ekopolitsiya ishlamoqda – Toshkent havosiga zarar yetkazayotgan 18 ta ob’yekt faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

24 noyabr kuni kechki 19:00 dan so‘ng mamlakatimizda atrof-muhit xavfsizligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda atmosfera havosini ifloslantirishga qarshi kurashish maqsadida keng ko‘lamli ekologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan tashkil etilgan ekologik nazorat tadbirlari Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlari, shuningdek, Toshkent shahrida tuzilgan 4 ta tezkor guruh tomonidan amalga oshirildi.

Tadbirlar qo‘shimcha ravishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar idoralari xodimlari ham jalb qilinib, ularning faoliyati muvofiqlashtirib borildi.

Reyd davomida jami 103 ta korxona va iqtisodiy faoliyat yurituvchi ob’yektlar tekshirilib, ularning atmosfera havosini muhofaza qilishga oid qonunchilik talablariga qay darajada rioya qilayotgani o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida 38 ta huquqbuzarlik holati aniqlandi, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan jami 34,8 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi. Shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatgan va qonun talablarini buzgan 18 ta ob’yekt faoliyati 10 kunga vaqtincha to‘xtatildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring