Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi ekologik ekspertiza faqat ruxsat berish emas – ekologik xavflarni oldindan boshqarish tizimiga aylanmoqda

Endi ekologik ekspertiza faqat ruxsat berish emas – ekologik xavflarni oldindan boshqarish tizimiga aylanmoqda

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga ta’sirni baholashning yangi mexanizmlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026 yil 11 maydagi 234-son qarori mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qoֹ’mitasi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ekologiya sohasi mutaxassislari, loyiha ishlab chiquvchilar, tadbirkorlar, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etadi.

Matbuot anjumanida mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanayotgani alohida ta’kidlandi.

– Mazkur qaror bilan davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga ta’sirni baholash, jamoatchilik eshituvlari va jamoat ekologik ekspertizasini o‘tkazish, strategik ekologik baholash hamda ekologik hujjatlarni ishlab chiquvchilar faoliyatini tartibga solishning yangi mexanizmlari belgilandi, – deydi Davlat ekologik ekspertizasi markazi Bosh direktori G‘.Muxamedov. – Ushbu qarorni ishlab chiqishda Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Kanada, AQSh, Turkiya, Gruziya, Singapur, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston kabi xorijiy davlatlarning ekologik ekspertiza sohadagi qonunchiligi hamda amaliyoti o‘rganildi.

Tadbirda yangi qaror bilan atrof-muhitga ta’sirni baholash tizimi xalqaro yondashuvlar asosida takomillashtirilgani, loyihalar xavflilik darajasiga qarab baholanishi, skrining va skoping bosqichlari joriy etilishi, uglerod izi va issiqxona gazlari emissiyasini baholash, jamoatchilik ishtiroki hamda loyiha ishlab chiquvchilarning mas’uliyati kuchaytirilishi haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumani yakunida soha mutaxassislari jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring