Toshkentda «Energo Savdo» xodimi pora bilan ushlandi
Yakkasaroy tumanida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik holatini rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan Energo Savdo filiali ustasi ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.Unda Energo Savdo filiali Yakkasaroy tumani bo‘limi o‘chirish guruhi ustasi X.I. “R.H.” MChJga qarashli mehmonxonada elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari noqonuniy ulanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga tadbirkordan 25 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda Energo Savdo filiali xodimi X.I. elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish holatini o‘z telefonida video tasvirga olib, mehmonxona rahbariga dalolatnoma rasmiylashtirilsa 70 mln so‘m jarima qo‘llanilishi mumkinligini aytib, dalolatnomani rasmiylashtirmaslik evaziga 35 mln so‘m talab qilib, oldindan bo‘nak sifatida 10 mln so‘mini qo‘lga kiritib, mehmonxonani elektr tarmog‘iga ulab berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter