Pora olib, voqea joyidan qochgan shaxs qo‘lga olindi
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining «Xabar.uz»ga bildirishicha, Kogon tumani, Sariyon mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Sh. yaqin tanishiga haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirib berishi evaziga undan 1400 AQSh dollari talab qilgan.
Ta’kidlanishicha, u bu «amal»ini vakolatli shaxslar orqali «bir zum»da bajarishga «kuchi» yetishini aytgan.
Sh.Sh.ning tanishi unga hozirda o‘zida buncha miqdorda puli yo‘qligi aytganda, u «kelishuv»ning bir qismini «ishini bitirgach» ham bersa bo‘lishini, ayni paytda esa 1000 AQSh dollari berishi shartligini bildirgan. Sh.Sh. Kogon tumanidagi, O‘zbekiston mahallasi, Saidobod qishlog‘i yo‘li yoqasida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan fuqarodan bo‘nak sifatida 1000 AQSh dollarini olgan. Va pulni oliboq, voqea joyidan qochib ketishga uringan. Biroq, ichki ishlar xodimlarining tezkor harakati bois, Sh.Sh. jinoyat sodir etgan joyidan keta olmagan.
Dastlabki tergov davomida Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan. Mutanosib ehtiyot chora qo‘llanilgan.
Mazkur jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorovulbozor tuman sudiga yuborilgan. Va sud hukmi bilan jazoning muqarrarligi ta’minlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter