Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Korrupsiyaga qarshi yangi usul: davlat xizmatchilari qamoqxonalarga olib borildi

Korrupsiyaga qarshi yangi usul: davlat xizmatchilari qamoqxonalarga olib borildi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda jazolashdan ko‘ra uning oldini olishga qaratilgan yangi profilaktik mexanizm joriy etilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida davlat xizmatchilari uchun jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalariga tashriflar tashkil etilmoqda.

Ilk tashrifda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Ular tergov xonalari, saqlash kameralari va muassasaning boshqa obyektlari bilan tanishdi.

Shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo o‘tayotgan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muloqotlar davomida mahkumlar korrupsiya oqibatida o‘z hayoti, oilasi va obro‘siga yetgan salbiy ta’sirlar haqida so‘zlab berdi.

Agentlik ma’lum qilishicha, bunday profilaktik tashriflar kelgusida korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralar xodimlarini ham qamrab oladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring