Kuchli issiq havo qachon chekinishi ma’lum qilindi
O‘zbekistonda anomal issiq qachon chekinishi ma’lum qilindi.
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq kuchayishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 42-45 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 46-48 darajagacha isiydi.
Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
20-iyun - dushanba kuni respublika hududining katta qismida ekstremal issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlarida havo harorati pasayishi boshlanadi.
21-iyul - seshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha issiq chekina boshlaydi. Havo harorati 6-9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.
Toshkentda: asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Bugun kunduzgi havo harorati 41-43 daraja, shanba va yakshanba kunlari 43-45 daraja, kechalari esa harorat 25-28 daraja bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter