Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Muhammad al-Xorazmiy» va «Muhandis qizlar» stipendiyalari ta’sis etiladi

«Muhammad al-Xorazmiy» va «Muhandis qizlar» stipendiyalari ta’sis etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalarida malakali kadrlar tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ma’lum qildi.

Davlat rahbariga ko‘ra, endi axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining 3-bosqich talabalari IT parkda dual ta’lim tizimi asosida tahsilni davom ettiradi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun «Muhammad al-Xorazmiy» nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Muhandislik, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida tahsil olayotgan iqtidorli qizlar uchun esa «Muhandis qizlar» stipendiyasi ta’sis etiladi.

Qayd etilishicha, yangi o‘quv yilidan ushbu stipendiyalar davlat oliygohlari bilan bir qatorda xususiy oliy ta’lim muassasalari talabalariga ham beriladi.

Prezident, shuningdek, kimyo, biologiya, fizika, matematika va informatika fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini rag‘batlantirish tizimi sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga ham tatbiq etilishini ma’lum qildi. Endi mazkur olimpiadalar g‘oliblari 1 milliard so‘m, ularning ustozlari esa 200 million so‘m miqdoridagi mukofot bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring