Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda «Energosavdo» yuriskonsulti ushlandi

Namanganda «Energosavdo» yuriskonsulti ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Namangan viloyatida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik holati bo‘yicha hisoblangan jarimani yo‘q qilib berishni va’da qilgan yuriskonsult ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Kosonsoy tuman «Energosavdo» bo‘limi yuriskonsulti M.M.«Soycha» MFYda yashovchi fuqaroning xonadonida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganlik holati bo‘yicha tuzilgan dalolatnomaga asosan hisoblangan 28,6 mln so‘m jarimani yo‘q qilib berishi evaziga o‘z xizmat xonasida 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring