O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi ma’lum bo‘ldi
2026-yil 1-yanvar holatida O‘zbekiston aholisining o‘rtacha yoshi 29,5 yoshni tashkil etgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, poytaxt aholisining o‘rtacha yoshi 32,7 yoshga teng bo‘lgan. Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati 31,1 yosh va Toshkent viloyati 31 yosh ko‘rsatkich bilan joylashgan.
Navoiy viloyatida aholining o‘rtacha yoshi 30,1 yoshni, Farg‘ona viloyatida esa 30 yoshni tashkil etgan. Respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori natija qayd etgan hududlar qatoriga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham kirgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining o‘rtacha yoshi 29,8 yosh bo‘lgan. Andijon va Xorazm viloyatlarida bu ko‘rsatkich respublika o‘rtacha darajasi bilan bir xil — 29,5 yoshni tashkil etgan.
Namangan viloyatida o‘rtacha yosh 29 yosh, Sirdaryo viloyatida 28,7 yosh, Samarqand viloyatida 28,5 yosh bo‘lgan. Jizzax viloyatida esa aholining o‘rtacha yoshi 28,4 yosh sifatida qayd etilgan.
Statistikaga ko‘ra, mamlakatning eng yosh aholisi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yashaydi. Qashqadaryo viloyatida aholining o‘rtacha yoshi 27,7 yoshni tashkil etgan.
Surxondaryo viloyati esa 27,4 yosh ko‘rsatkich bilan respublikada eng yosh aholiga ega hudud sifatida qayd etildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter