Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi

Xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasi 20 foizga yetkaziladi

Videodan kadr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xavfli chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident qarori (PQ–289-son, 03.08.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlar (xavfli chiqindilarning egalari bo‘lgan yuridik shaxslar):

- ekologik ekspertiza xulosasiga muvofiq xavfli chiqindilarni boshqarish bo‘yicha yillik rejalarni ishlab chiqadi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (Agentlik)ning hududiy boshqarmalari bilan kelishadi;

- yillik rejalarda quyidagi ko‘rsatkichlarni nazarda tutadi:

- xavfli chiqindilar hosil bo‘lish hajmini kamaytirish;

- xavfli chiqindilarni qayta ishlash ulushini oshirish, ularni xavfsiz joylashtirish;

-xavfli chiqindilarni qayta ishlash, zararsizlantirish, utilizatsiya qilish yoki ko‘mishga tegishli vakolat, infratuzilma hamda ekologik ekspertizaning ijobiy xulosasiga ega bo‘lgan ixtisoslashgan tashkilotlarga qayta ishlash yoki ko‘mish uchun topshirish.

Barcha foydalanishdan chiqarilgan xavfli chiqindilar saqlanayotgan (joylashtirilgan) maxsus inshootlar va ochiq maydonlar (maxsus obyektlar) ularni ekologik qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan birgalikda bepul asosda Agentlikka o‘tkaziladi.

2026-yil 1-oktyabrdan xavfli chiqindilarni hosil qiluvchi tashkilotlar statistika hisobotlari yil yakuniga ko‘ra shakllantirib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring