Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga 7 oyda 7,7 mln nafar turist keldi

O‘zbekistonga 7 oyda 7,7 mln nafar turist keldi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 7 mln 749 ming 308 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 mln 400 ming nafarga, yoki 22,6 foizga ko‘p. Turistlar oqimida Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari asosiy ulushni egallagan.

Eng ko‘p turist Qirg‘iz Respublikasidan kelgan — 2 mln 177 ming 108 nafar. Qozog‘istondan 1 mln 855 ming 562 nafar, Tojikistondan esa 1 mln 728 ming 978 nafar sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Turistlar soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni Rossiya egallagan — 710 ming 824 nafar. Afg‘onistondan 281 ming 200 nafar, Xitoydan 269 ming 735 nafar turist kelgan.

Turkmanistondan O‘zbekistonga 192 ming 830 nafar, Turkiyadan 111 ming 908 nafar xorijiy fuqaro turistik maqsadda tashrif buyurgan.

Shuningdek, Hindistondan 32 ming 462 nafar, Koreyadan esa 26 ming 512 nafar turist kelgan.

Statistika O‘zbekistonga turistik oqimning asosiy qismi qo‘shni mamlakatlar hisobiga shakllanayotganini ko‘rsatmoqda. Top-3 davlatning o‘zi — Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston va Tojikistondan — 5 mln 762 ming nafardan ortiq turist kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring