Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Muratov Shuhrat Kaxarovich — Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuhrat Muratov 1978-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi davlat universitetini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qarshi shahridagi «Alp Texno Servis» xususiy korxonasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Amanov Oybek Anvarovich — Qashqadaryo viloyati hokimining cho‘l hududlari va agrar sohaga investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Oybek Amanov 1984-yil Dehqonobod tumanida tug‘ilgan. U Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
U tayinlovga qadar Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter