Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari taklif etilmoqda

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun yuqori daromadli ish o‘rinlari taklif etilmoqda

Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolarini Qatardagi Ulta Beauty do‘konlarida turli lavozimlarda ishlashga taklif qilmoqda.

Vakansiyalar bo‘yicha oylik maoshlar 1 450 dollardan 5 500 dollargacha etib belgilangan. Xususan:

  • kosmetika bo‘yicha maslahatchi — 1 900 dollar;
  • brend bo‘yicha trening mutaxassisi — 2 750 dollar;
  • mijozlarga xizmat ko‘rsatish menejeri — 3 850 dollar;
  • bo‘lim menejeri — 3 050 dollar;
  • do‘kon menejeri o‘rinbosari — 4 000 dollar;
  • vizajist — 2 300 dollar;
  • manikyur va pedikyur bo‘yicha mutaxassis — 1 450 dollar;
  • teri parvarishi bo‘yicha mutaxassis — 2 200 dollar;
  • do‘kon bosh menejeri — 5 500 dollar;
  • savdo vizualizatsiyasi bo‘yicha mutaxassis — 1 500 dollar.

Ish beruvchi O‘zbekiston–Qatar aviachiptasi, ishchi vizasi, aeroport transferi, Vatanga borib-kelish aviachiptasi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

Nomzodlar esa turar joy, oziq-ovqat hamda ishga borib-kelish transporti xarajatlarini o‘zlari qoplaydi.

Nomzodlardan kamida o‘rta ma’lumot, ingliz tilida erkin muloqot qila olish va tegishli sohada kamida ikki yillik ish tajribasi talab etiladi. Shuningdek, nomzodlar 20 yoshdan katta va 50 yoshgacha bo‘lishi kerak. Vakansiyalarda erkaklar ham, ayollar ham ishtirok etishi mumkin.

Arizalar 29 avgustga qadar qabul qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring