Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva Qatardagi xalqaro ko‘rgazma ochilishida qatnashdi

Saida Mirziyoyeva Qatardagi xalqaro ko‘rgazma ochilishida qatnashdi

Foto: Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Qatar Islom san’ati muzeyida tashkil etilgan «O‘zbekiston: harakatdagi meros» ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi.

​Ushbu ekspozitsiyada yurtimiz muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan o‘rin olgan noyob eksponatlar jamlangan.

Xususan, Islom dini tarqalishidan avvalgi asrlar va Somoniylar, Temuriylar davrlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, an’anaviy hunarmandchilik va to‘qimachilik san’ati namunalari shular jumlasidan. 

​Bu — Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, O‘zbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Shu kuni qatarlik yetti nafar hunarmandning Toshkent, Samarqand va Buxoro bo‘ylab ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan «Ektashif O‘zbekiston» ko‘rgazmasi ham o‘z ishini boshladi. 

Unda yurtimizning boy madaniyati, an’analaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik san’ati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvchi fotosuratlar jamlanmasi namoyish etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring