Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari ushlandi

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari ushlandi

Foto: Xavfsizlik

Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora bilan ushlandi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlaridan biridagi Kadastr bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, fuqarodan 2 ming AQSh dollari miqdorida pora olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Aniqlanishicha, mazkur mansabdor shaxs 1987 y.t fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 132 m² yer maydonida qurilgan, lekin fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning 2024 yildagi hal qiluv qaroriga asosan majburan buzilishi belgilangan binoga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish va uning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Hozirda kadastr rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring