Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda ta’lim bo‘yicha muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Qoraqalpog‘istonda ta’lim bo‘yicha muhim tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Jo‘qorg‘i Kenges

Qoraqalpog‘istonda ta’lim sohasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi. 

Ayapov Amanjol Tlepovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Amanjol Ayapov tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimida ishlab kelgan.

Ayimbetov Bayrambay Sharapatdinovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bayrambay Ayimbetov tayinlovga qadar O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring