Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyadan olib kelingan dorilarning yirik partiyasi ushlandi

Rossiyadan olib kelingan dorilarning yirik partiyasi ushlandi

Videodan kadr.

Rossiya Federatsiyasidan noqonuniy olib kelinayotgan tibbiy buyum va dori vositalari to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida bojxona idoralari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

 Xususan, “Volgograd - Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan poyezd “Qoraqalpog‘iston - temir yo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida tekshirildi.

Natijada 7-vagon kuzatuvchisi bo‘lgan – Samarqand shahrida yashovchi, 1981 y.t. shaxs tomonidan vagonning havo aylantirish shaxtasiga yashirib qo‘yilgan, taxminan 913 mln so‘mlik 30 turdagi 2742 dona stomotologik buyumlar, implantlar va uskunalar borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, poyezdning 12-vagonida ham shunga o‘xshash holat aniqlanib, vagon kuzatuvchisi bo‘lgan – Toshkent shahrida yashovchi, 1976 y.t. fuqaro tomonidan bojxona ko‘rigidan yashirin ravishda olib kirilgan, taxminan 1,5 mlrd so‘mlik 12 turdagi jami 894 dona dori vositalari hamda tibbiy anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, vagon kuzatuvchilari moddiy manfaatdorlik evaziga tibbiy buyum va dori vositalarini Toshkent shahriga yetkazib berishlari kerak bo‘lgan.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring